» » “Toshshahartransxizmat”: Toshkentda gaz ballonli avtobuslarda bexavotir harakatlanish mumkin, vahimaga o‘rin yo‘q

“Toshshahartransxizmat”: Toshkentda gaz ballonli avtobuslarda bexavotir harakatlanish mumkin, vahimaga o‘rin yo‘q


Toshkent shahridagi gaz ballonlari bilan jihozlangan avtobuslarda bexavotir harakatlanish mumkin, vahimaga o‘rin yo‘q. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.

“Kompaniya balansidagi avtobuslar haftada ikki bor — seshanba va juma kunlari texnik ko‘rikdan o‘tadi. Yilda bir marotaba kapital tekshiruv o‘tkaziladi. Shu sababli poytaxtda harakatlanayotgan jamoat transportidan foydalanishda hech qanday xavf yo‘q”, — deya ta’kidlagan matbuot xizmati vakillari.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov gaz ballonli avtotransport va gaz to‘ldirish stansiyalarini inventarizatsiyadan o‘tkazishga ko‘rsatma bergani haqida xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2018, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют