» » Uzbekistan Pass bilan qulay, xavfsiz va tejamli sayohat

Uzbekistan Pass bilan qulay, xavfsiz va tejamli sayohat


Onlayn-servis sayyohlarga mamlakat bo‘ylab sayohatni ixcham rejalashtirish va tejamli o‘tkazishga yordam beradi.

UzPass qanday xizmatlarni taqdim etadi?

1. O‘zbekistonning istalgan shahridan o‘ziga ma’qul kelgan mehmonxonani topish. Ilovada mehmonxonalar va ular haqidagi batafsil ma’lumotlar, suratlar va narxlar taqdim etilgan. Sayyoh istagan mehmonxona nomerini onlayn bron qilishi mumkin.

2. Gid tanlash. Bizning servisimiz tomonidan taqdim etilgan ekskursiyachilar katta tajribaga ega bo‘lib, O‘zbekistonning eng go‘zal va ko‘pchilikka noma’lum burchaklarini yaxshi bilishadi. Ular bilan har qanday sayohat yoqimli sarguzashtga aylanadi.

3. Avtoxizmatlarga buyurtma berish. Sayohat asosini tashkil qiluvchi muhim detallardan biri bu harakatlanish vositasidir. O‘zbekiston — katta masofalarni bosib o‘tmay turib, o‘rganish mumkin bo‘lmagan mamlakat. UzPass kompaniyasi avtomobil ijarasi, transfer va xalqaro taksi bo‘yicha sifatli xizmatlarni taqdim etuvchi eng yaxshi transport kompaniyalarini saralab olgan.

4. Turistik paket tanlash. Agar sayohatingizni mamlakatning ma’lum bir hududini o‘rganib o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, masalan, O‘zbekistonning etnik tomoni bilan tanishmoqchi bo‘lsangiz, shunga muvofiq turni tanlashingiz mumkin. Har bir turistik firma siz uchun muayyan mavzuiy tur paket bo‘yicha xizmatlarini taqdim etadi.

Yuqoridagi xizmatlar bilan UzPass ilovasida tanishishingiz mumkin. Bu hali hammasi emas!

Sayohat hamyonbop bo‘lishi uchun servis UzbekistanPass elektron diskont kartasini qo‘lga kiritishni taklif etadi, u bilan siz quyidagi xizmatlarga 10 foizdan 60 foizgacha chegirmalarga ega bo‘lasiz:

Faol turizm tarafdorlari uchun UzPass tibbiy sug‘urta taklif qiladi. Kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda, sug‘urta egasi xarajatlar haqida bosh qotirib o‘tirmaydi. Mazkur sug‘urta 4 million so‘mlik tibbiy chiqimlarni qoplaydi.

Sayyoh xavfli vaziyatda qolsa yoki shifoxonagacha yetib olishga imkoni bo‘lmasa, u ilovadagi SOS tugmasidan foydalanishi mumkin (sayyoh sug‘urtalangan yo sug‘urtalanmagan bo‘lishidan qat’iy nazar). SOS tugmasi zudlik bilan favqulodda vaziyatlar xizmatlari bilan bog‘lanish va o‘z vaqtida yordam olish imkoniga ega bo‘ladi.

Yuqorida keltirilgan barcha turistik xizmatlar uchun O‘zbekistonda birinchi marta onlayn rejimida hisoblashish mumkin. To‘lov milliy valyutada — Payme tizimi orqali, xorijiy valyutada esa VISA xalqaro tizimi orqali amalga oshiriladi.

Ilova shuningdek O‘zbekiston, uning viloyatlari, shaharlari, milliy oshxonasi, diqqatga sazovor joylari va boshqa ko‘plab foydali ma’lumotlarni o‘zida jamlagan.

UzPass mobil ilovani bu yerdan yuklab oling.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2018, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют