» » Mirzo Ulug‘bek tumanida mashina turtib ketgan ona-bola shifoxonaga yotqizildi. Ular o‘zini yaxshi his qilmoqda

Mirzo Ulug‘bek tumanida mashina turtib ketgan ona-bola shifoxonaga yotqizildi. Ular o‘zini yaxshi his qilmoqda


Joriy yil 18-sentabr kuni soat 13:40 da Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida YTH sodir bo‘ldi: avtomobillardan biri piyodalar uchun mo‘ljallangan yo‘lakchaga o‘tib ketishi oqibatida qo‘lida yosh bolasini ko‘tarib olgan onaga yengil tan jarohati yetdi. Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘lgan ushbu holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi matbuot xizmati izoh berdi.

Tuman hokimligi mutasaddi rahbarlari ona va bolaning salomatligidan xabar olish maqsadida shifoxonaga bordi. Jabrlanuvchi Nodira Qodirova va uning farzandi Saidumar Baxtiyorov hozirda o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Shifokor Ne’mat Tugalovichning ta’kidlashicha, onaga bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, ensa sohasi yumshoq tolalarining ezilishi, bolaga bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi tashxisi qo‘yilgan. Hozirda ular Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokorlari nazoratida bo‘lib turibdi.

YTHni sodir etgan Mercedes-Benz haydovchisiga nisbatan chora ko‘rilgan. Avtoulov jarima maydonchasiga olib borilgan.

Ma’lumot uchun, Nodira Qodirova shu kuni ikki farzandi bilan bo‘lgan. Maktab yoshidagi farzandi sog‘-salomat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2018, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют