» » O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi huzurida jamoatchilik kengashi tuzildi

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi huzurida jamoatchilik kengashi tuzildi


O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi huzurida taniqli jurnalist, noshir va matbaachilardan iborat Jamoatchilik kengashi tuzildi. Bu haqda agentlik vakillari “Daryo”ga xabar berdi.

Jamoatchilik kengashining asosiy vazifasi matbuot va axborot sohalariga doir qonunchilik ijrosini ta‘minlashda ishtirok etish, noshirlik, matbaachilik va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat.

“Yengil-yelpi kitoblar, sayoz, oldi-qochdi gazeta-jurnallar nashr etilishi to‘xtamayotgani, respublikaning chekka hududlarida kitob do‘konlari va kutubxonalar mavjud emasligi, borlarida ham kitoblar yetishmasligi bugungi kunning dolzarb masalalaridandir. Qonun talablarini buzayotgan ‘tadbirkor’larga tanbeh berish, ularni tartibga chaqirish, soha faoliyati bilan bog‘liq og‘riqli nuqtalarni o‘rganish, kerakli tavsiyalarni ishlab chiqishni 14 nafar jurnalistika, filologiya, noshirlik, matbaachilik va kutubxonachilik sohasining ustunlaridan iborat tarkibdagi Jamoatchilik kengashi o‘z zimmasiga olmoqda”, — deyiladi xabarda.

Jamoatchilik kengashi O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa korxonalari, axborot-kutubxonalar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini ta‘minlash uchun “ko‘prik” vazifasini ham o‘taydi.

“Jamoatchilik kengashiga jurnalist va yozuvchi, filologiya fanlari doktori Xurshid Do‘stmuhammad raislik qiladi. Kengashdan, shuningdek, ustoz bosh muharrirlar, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalistlar Jabbor Razzoqov, Ahmadjon Meliboyev, tilimiz jonkuyari, kuyunchak olim Omonulla Madayev, jurnalistlar sayidi Saydi Umirov, taniqli adabiyotshunos Bahodir Karimov, kutubxona faxriysi Abdusalom Umarov va boshqa taniqli shaxslar ham o‘rin olgan”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2018, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют