» » Axborot texnologiyalari vazirligida yangi jamoatchilik kengashi tashkil etildi

Axborot texnologiyalari vazirligida yangi jamoatchilik kengashi tashkil etildi


Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Kengash a’zolari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev raisligida Prezidentning “Elektron tijoratni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasini o‘rganib chiqdi. Turli soha mutaxassislariga ushbu loyiha va 2018–2020-yillarga mo‘ljallangan Elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining dastlabki variantlari taqdim etildi. Ishtirokchilar bu borada o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, tegishli takliflar kiritdi.

Yig‘ilishda 4-may kuni vazirlik huzurida tashkil etilgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashining asosiy maqsad va vazifalari haqida so‘z yuritildi. Xususan, kengash zimmasiga vazirlikning ustuvor vazifalarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda ishtirok etish, fuqarolarning vazirlik faoliyatiga bo‘lgan ishonchini oshirish hamda aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatilishini ta’minlash orqali vazirlik faoliyati oshkoraligi va samaradorligini oshirish vazifalari yuklatilgan.

Yig‘ilish kun tartibiga ko‘ra, ishtirokchilar kengash raisini sayladi. Unga ko‘ra, tadbirkor B. Orifjonov Jamoatchilik kengashi raisi, SAP kompaniyasining (O‘zbekiston) rivojlantirish bo‘yicha direktori L. Adhamova rais o‘rinbosari etib saylandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2018, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют