» » Namangan shahri markazidagi tarixiy yodgorlik tashlandiq holatga keldi. Bu yerda “Oltin meros” fondi joylashgan

Namangan shahri markazidagi tarixiy yodgorlik tashlandiq holatga keldi. Bu yerda “Oltin meros” fondi joylashgan


Namangan shahrining markazida joylashgan Qodirxo‘ja eshonning uyi tarixiy va madaniy yodgorliklar ro‘yxatidan o‘rin olgan bo‘lib, yaqingacha sayyohlar e’tiboridagi maskanlardan biri edi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ayni paytda ushbu madaniy yodgorlik tashlandiq holga kelib qolgan. Bir paytlar ancha mablag‘ evaziga ta’mirdan chiqarilgan binolar nochor ko‘rinishda.

Tarixdan hikoya qiluvchi eksponatlar qo‘yilgan zallarga kirib bo‘lmaydi — eshiklar qulflangan. Boz ustiga, mazkur hovli hududidan kimgadir ikki qavatli do‘kon va omborxona qurish uchun yer ajratilgan. Chala qolgan bu obyekt ham manzilni yanada xunuklashtirgan.

Eng ajablanarlisi, “Oltin meros” xalqaro xayriya jamoat fondi Namangan viloyati boshqarmasi xuddi shu manzilda joylashgan. Biroq, Qodirxo‘ja eshon uyi bir necha yildan buyon o‘z holatini saqlash u yoqda tursin, tobora yemirilib bormoqda.

Shu ketishda noyob me’moriy yodgorlik o‘z qiymatini yo‘qotishi aniq. Nahotki, bu holatga mutasaddilar tomoshabin bo‘lib qarab turaversa?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2018, 06:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 115) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют