» » NASA kamyob yarqiroq bulutlarni tasvirga oldi

NASA kamyob yarqiroq bulutlarni tasvirga oldi


NASA kamyob atmosfera hodisasini — tungi yoritgichlar yoki mezosfera bulutlari sifatida ma’lum bo‘lgan kumushrang bulutlarni tasvirga oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

NASA’ning PMC Turbo missiyasi iyul oyida besh kun davomida bo‘lib o‘tgan. Shvetsiyadagi Esreynj raketa poligonidan ulkan havo shari yuqori aniqlikdagi yettita kamera bilan mezosferaga ko‘tarilgan. Yakunda olti millionta surat olingan.

Tadqiqotchilarning umid qilishicha, olingan ma’lumot ularga Yer atmosferasining yuqori qismi tuzilishini ob-havoni yaxshiroq prognoz qilish maqsadida o‘rganishda yordam beradi.

Kumushrang bulutlar mezosferadagi eng baland osmon tuzilmalari bo‘lib, 70—95 kilometr balandlikda yuzaga keladi. Ularning shakllanishi uchun ko‘p miqdordagi suv bug‘i, juda past havo harorati, kichkina chang bo‘laklari kerak bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2018, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют