» » Navoiyda oltinli qumni o‘g‘irlagan shaxslar jazodan qutilish uchun militsionerga 500 ming so‘m pora taklif qildi

Navoiyda oltinli qumni o‘g‘irlagan shaxslar jazodan qutilish uchun militsionerga 500 ming so‘m pora taklif qildi


Buxoro viloyatida yashovchi U.H. ikki nafar sherigi bilan Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Muruntog‘ koniga qarashli zaxira qum ombori hududidan tarkibida oltin zarralari bo‘lgan qumlarni o‘g‘irlab ketmoqchi bo‘lganida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Fuqaro U.H. ushbu holat yuzasidan ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortmaslik hamda to‘plangan hujjatlar bo‘yicha yengillik yaratib berishni so‘rab, evaziga Navoiy viloyati Tomdi tumani IIB xodimiga 500 ming so‘m pulni pora sifatida taklif qilgan.

“Fuqaro pulni militsiya xodimiga berayotgan vaqtida ichki ishlar va prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olindi”, — deyiladi IIV axborotida.

Qayd etishlaricha, hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-09-2018, 00:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют