» » Nukusda militsionerga 1 mln so‘m pora taklif qilgan tadbirkor qo‘lga olindi

Nukusda militsionerga 1 mln so‘m pora taklif qilgan tadbirkor qo‘lga olindi


Nukus shahrida yashovchi xususiy tadbirkor A.O. Qozog‘istondan poyezdda olib kelgan 6 million so‘mlik kiyim-kechaklarni bojxona teshiruvidan yashirin ravishda olib o‘tayotganida ushlangan.

O‘zbekiston IIV xabariga ko‘ra, u 11-sentabr kuni ushbu holat yuzasidan to‘plangan hujjatlarni bojxona boshqarmasiga yubormasdan, ijobiy hal qilib berish evaziga Nukus shahar ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimga 1 million so‘m pulni pora sifatida taklif qilgan.

Militsiya xodimi ushbu holat haqida o‘z rahbariga ma’lum qilgan. Shundan so‘ng 12-sentabrida ichki ishlar va prokuratura xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida fuqaro A.O. xodimning xizmat xonasida unga 1 million so‘m pulni pora sifatida berayotganida qo‘lga olingan.

“Holat yuzasidan fuqaro A.O.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2018, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют