» » Xivada MIB xodimiga pora taklif qilindi

Xivada MIB xodimiga pora taklif qilindi


Xivalik fuqaro MIB xodimiga pora taklif qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Bu holat Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan Xiva shahridagi Sohibkor ko‘chasi, 52-uyda tabiiy gaz va elektr enegiyasi bo‘yicha nazorat-tekshiruv tadbiri o‘tkazilayotgan paytda sodir bo‘ldi.

Xonadonning tabiiy gazdan 3 million 247 ming so‘m qarzi borligi aniqlandi. Davlatnazar Karimov qarzdorlikni qonuniy tarzda bartaraf etishdan ko‘ra, bu masalani byuroning tuman inspektori bilan hal etishni ma’qul ko‘rdi. U inspektorga qarzdorlikni yo‘q qilib berish, hisoblagichni maxsus ko‘rikdan yaroqsiz, deb o‘tkazib berishini so‘rab, 500 ming so‘m pora taklif qiladi.

Biroq ishim “o‘ngidan keldi” deb o‘ylagan fuqaroning niyati puchga chiqdi. Inspektorga ana shu pulni pora tariqasida berayotganida MIBning viloyat boshqarmasi ichki xavfsizlikni ta’minlash sho‘basi va tezkor xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Mazkur holat bo‘yicha Davlatnazar Karimovga nisbatan to‘plangan hujjatlar hamda daliliy ashyolar tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazish uchun Xiva shahar prokuraturasiga yuborildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют