» » Otabek Murodov Dushanbe shahrida MDH mamlakatlari bosh prokurorlari bilan uchrashdi

Otabek Murodov Dushanbe shahrida MDH mamlakatlari bosh prokurorlari bilan uchrashdi


Joriy yilning 20-sentabr kuni Bosh prokuror Otabek Murodov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan MDH mamlakatlari bosh prokurorlarining Muvofiqlashtiruvchi kengashining 28-yig‘ilishida va ShHTga a’zo davlatlar bosh prokurorlarining 16-yig‘ilishida ishtirok etdi.  Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishlarda MDH va ShHTga a’zo davlatlarning bosh prokurorlari va ishtirokchi-davlatlar delegatsiyalari rahbarlari, jumladan Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, O‘zbekiston, Xitoy, Pokiston, Hindiston, shuningdek muloqot sheriklari va kuzatuvchi mamlakatlardan taklif etilgan mehmonlar sifatida – Afg‘oniston, Mongoliya, Eron, Nepal, Shri-Lanka, Prokurorlar Xalqaro Assotsiatsiyasi prezidenti Gerxard Yarosh va Saudiya Arabistoni Bosh prokurorlari ishtirok etdi.

Bosh prokuror Otabek Murodov o‘z nutqida 2017—2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida prokuratura organlarining tizimi tubdan takomillashtirilib, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohot va o‘zgarishlardagi prokuratura organlarining roli oshirilganligi hamda ular faoliyatida mutlaqo yangi yo‘nalishlar belgilanganligini qayd etdi.

ShHTga a’zo davlatlar bosh prokurorlarining yig‘ilishi davomida transmilliy va uyushgan jinoyatchilikka qarshi hamkorlikda kurashish, terrorizm, ekstremizm, diniy va siyosiy radikalizm xavfi va ekstremistik harakatlarning boshqa halokatli ta’siri kuchayayotganligi masalalari, shuningdek jahon va mintaqaviy xavfsizlikning boshqa muammolari muhokama qilindi. Urushlar bilan qamrab olingan qator mamlakatlardagi siyosiy vaziyatning murakkabligi, siyosiy kelishmovchiliklarning zararli ta’siri va ushbu mamlakatlardagi tinch fuqarolarning o‘limi bilan bog‘liq xolatlarga tashvish bildirildi va MDH va ShHTga a’zo-davlatlarning qo‘shma integratsiyalashuvi davlatlar va mintaqalarning xavfsizligini ta’minlashning muhim omili deb topildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Bosh prokurori Otabek Murodov O‘zbekiston Respublikasining mazkur yo‘nalishdagi ustuvor vazifasi jinoyatlar va huquqbuzarliklarning oqibatlari bilan emas, balki ularning tub sabablari bilan kurashish ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Rossiya, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Belarus, Tojikiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston delegatsiyalari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi. Rossiya, Tojikiston va Qozog‘iston bilan hamkorlik dasturlari imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2018, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют