» » Londonda kuchli allergiyasi bo‘lgan o‘spirin sinfdoshi hazillashib otgan pishloq tufayli vafot etdi

Londonda kuchli allergiyasi bo‘lgan o‘spirin sinfdoshi hazillashib otgan pishloq tufayli vafot etdi


Londonda yashovchi 13 yoshli Karanbir Chima yuragi to‘xtab qolishi oqibatida vafot etdi. Uning sinfdoshi hazillashib, unga bir bo‘lak pishloqni otgan, u esa bolaning futbolkasiga kirib qolgan, deb yozadi TJournal.

O‘spirinda bug‘doy, glyuten, barcha sut mahsulotlari, tuxum va yong‘oqqa nisbatan kuchli allergiya bo‘lgan. Maktab shifokori darhol maxsus ingalyatordan foydalangan, u Karanga yordam berishi kerak edi, ammo anafilaktik shok o‘tib ketmagan. Bolaning tomir urishi sekinlasha boshlagach, shifokor tez yordam chaqirgan. U yetib kelgunicha bolaga adrenalin ukol qilgan, yurak massajini bajargan, shuningdek, defebrilyatordan foydalangan.

Hayot uchun o‘n kun kurashgach, Karanbir mahalliy shifoxonada yuragi to‘xtab qolishi natijasida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2018, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют