» » “Bolalar kitobi” respublika festivali va kitoblar ko‘rgazmasi boshlandi

“Bolalar kitobi” respublika festivali va kitoblar ko‘rgazmasi boshlandi


2018-yil 25-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlab tashkil etilgan “Bolalar kitobi” respublika festivali va kitoblar ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Matbuot va axborot agentligi xabar berdi.

– Bugun mamlakatimizda shaxsan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitob va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, sohani yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, - deydi ochilish marosimida so‘zga chiqqan O‘zMAA Bosh direktori L.Tangriyev. – Bu kabi tadbirlarning tashkil etilishi bizning oldimizga qo‘yilgan vazifalarni bajarishdan tashqari, bolalarda kitob va kitob mutolaasiga muhabbat uyg‘otishga xizmat qiladi deb o‘ylaymiz. Yana bir maqsadimiz shuki, bolalar adabiyotlarini namoyish etish orqali, ular haqida o‘quvchilarning fikrlarini bilish hamda kelgusidagi ishlarimizni shunga qarab rejalashtirishdir.

Ushbu festival va ko‘rgazma O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar axborot-kutubxona markazlarida O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi, shuningdek, viloyatlar Matbuot va axborot boshqarmalari tomonidan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda boshqa qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Sog‘lom va ma’naviy yetuk avlod – yurt kelajagi” shiori ostida o‘tkazilmoqda.

“Bolalar kitobi” respublika festivalini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – bolalar o‘rtasida kitob mutolaasini targ‘ib etish va kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularning intellektual salohiyati va ma’naviy saviyasini yuksaltirish hamda ularni mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan kutubxonalar va bolalar nashriyotlari bilan yaqindan tanishtirish.

— “Bolalar kitobi” respublika festivalini tashkil etishda qatnashgan barcha tashkilotchilarga minnatdorlik bildirgan holda, bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi bolalarda kitob va kitob o‘qishga qiziqishni yanada orttiradi, deb o‘ylaymiz, - deydi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari G‘.Majid.

Festival doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasining kutubxona fondidan joy olgan bolalar adabiyoti namunalari ko‘rgazmasi, mamlakatimizning yetakchi nashriyotlari tomonidan nashr etilgan bolalar kitoblari, jumladan, mumtoz adabiyot namunalari, eng sara badiiy, ma’naviy-ma’rifiy, ensiklopedik kitoblar taqdimotlari bo‘lib o‘tmoqda, shuningdek, chegirmali kitob savdosi tashkil etilmoqda. Yosh kitobxonlar uchun bolalar shoirlari, yozuvchilari hamda bolalar adabiyoti nashriyotlarining noshirlari bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

— Shu kunlarda kim beshta kitob o‘qidi?, - degan savol bilan o‘z tabrigini boshlagan O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon bolalarni kitobni sevishga, doimiy ravishda kitob mutolaa qilishga undadi.

Bundan tashqari Jajji kitobxonlar uchun bolalar asarlari bo‘yicha tayyorlangan qiziqarli topshiriq va sarguzashtlarga boy kvest-o‘yinlar, “Kitoblarni qutlaymiz!” mavzusida teatrlashtirilgan konsert dasturlari tashkil qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Bolalar kitobi” respublika festivali va kitoblar ko‘rgazmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahrida 2018-yil 25—26-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2018, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют