» » 25—26-sentabrda “Bolalar kitobi” respublika festivali va kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

25—26-sentabrda “Bolalar kitobi” respublika festivali va kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


2018-yil 25—26-sentabr kunlari O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar Axborot kutubxonalarida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan “Sog‘lom va ma’naviy yetuk avlod – yurt kelajagi!” shiori ostida “Bolalar kitobi” respublika festivali va kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Matbuot va axborot agentligi xabar berdi.

Festival O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

“Bolalar kitobi” respublika festivalini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – bolalar o‘rtasida kitob mutolaasini targ‘ib etish va kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularning intellektual salohiyati va ma’naviy saviyasini yuksaltirish hamda ularni mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan kutubxonalar va bolalar nashriyotlari bilan yaqindan tanishtirish.

Festival doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foyesi va o‘qish zallarida kutubxona fondidan joy olgan bolalar adabiyoti namunalari ko‘rgazmasi, mamlakatimizning yetakchi nashriyotlari tomonidan nashr etilgan bolalar kitoblari, jumladan, mumtoz adabiyot namunalari, eng sara badiiy, ma’naviy-ma’rifiy, ensiklopedik kitoblar taqdimotlari bo‘lib o‘tadi, chegirmali kitob savdosi tashkil etiladi. Yosh kitobxonlarni bolalar shoiri Dilshod Rajab va Raim Farhadi, bolalar adabiyoti nashriyotlarining noshirlari bilan ijodiy uchrashuvlar kutmoqda.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasining fondida saqlanuvchi nodir qo‘lyozmalar va mumtoz adabiyot namoyandalari asarlari bilan jihozlangan “Navoiy” o‘qish zalida Alisher Navoiy ijodi asosida, yosh avlodning Navoiy ijodini qay darajada bilishini aniqlash maqsadida, ularda mumtoz adabiyotimiz namoyandalari ijodiga iftihor tuyg‘usini uyg‘otish maqsadida adabiy viktorina bo‘lib o‘tadi. Jajji kitobxonalar uchun bolalar asarlari bo‘yicha tayyorlangan qiziqarli topshiriq va sarguzashtlarga boy kvest-o‘yinlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Festivalning badiiy qismida “Kitoblarni qutlaymiz!” mavzusida teatrlashtirilgan konsert dasturi o‘rin olgan. “Bolalar kitobi” respublika festivali mamlakatimizning barcha viloyatlarida Axborot kutuxonalarida bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2018, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют