» » Oliy sud rahbariyati Jizzax viloyat Paxtakor tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

Oliy sud rahbariyati Jizzax viloyat Paxtakor tumanida sayyor qabul o‘tkazdi


O‘zbekiston Oliy sudi raisining o‘rinbosari Bahodir Dehqonov 24-sentabr kuni Paxtakor hamda Zafarobod tumanlari aholisi bilan ochiq muloqat va sayyor qabul o‘tkazdi, deb xabar beradi Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtakor tuman sudi axborot xizmati.

Bahodir Dehqonov Harakatlar strategiyasi asosida sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat rahbarining sohaga oid farmon va qarorlari mazmun mohiyati xususida tushuncha berdi.

Ushbu qabul va aholi bilan muloqotlar chog‘ida joylarda yechimini kutayotgan ko‘plab masalalar ijobiy hal etildi. Aholiga zarur huquqiy yordam va maslahatlar berildi.

“Bu chora-tadbirlar sud hokimiyatining mustaqilligini, fuqarolar g‘uquq va erkinligini ishonchli himoyasini ta’minlash, shuningdek, odil sudlovga erishish darajasini oshirishga hizmat qilmoqda. Sayyor qabul davomida Oliy sud raisi o‘rinbosari va sudyalar Paxtakor hamda zafarobodliklarning 60 ga yaqin murojatlari eshitilib muammolarni bartaraf qilish choralari ko‘rildi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2018, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют