» » Sababsiz yig‘ilishga kelmagani uchun litsenziyasidan mahrum bo‘lgan Asilbek Amanulloh va Feruza Jumaniyozova litsenziyasini qaytarib oldi

Sababsiz yig‘ilishga kelmagani uchun litsenziyasidan mahrum bo‘lgan Asilbek Amanulloh va Feruza Jumaniyozova litsenziyasini qaytarib oldi


Bir necha marotaba ogohlantirishlarga qaramasdan “O‘zbekkonsert” DM yig‘ilishiga sababsiz kelmagani uchun litsenziyasidan mahrum bo‘lgan  xonandalar Asilbek Amanulloh va Feruza Jumaniyozova litsenziyasini qaytarib oldi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati jurnalist  Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmatining ma’lumotiga qaraganda “Nihol” mukofoti sovrindori Feruza Jumaniyozova hamda estrada xonandasi Asilbek Amanulloh litsenziyasini qaytarib olgan.

Bundan tashqari, “O‘zbekkonsert” DM yig‘ilishiga sababsiz kelmagani uchun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon hamda estrada xonandasi Tohir Usmonovlarning litsenziyasi ham 2018-yilning 31-may kuni to‘xtatilgan edi. Muassasa matbuot xizmati ushbu xonandalarning litsenziyasi hali qaytarib berilmaganligini tasdiqladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-09-2018, 20:42)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют