» » XVIII Osiyo o‘yinlari g‘oliblari hamda “ArMI—2018” sovrindorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

XVIII Osiyo o‘yinlari g‘oliblari hamda “ArMI—2018” sovrindorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Qurolli Kuchlar akademiyasida Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkazilgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida 10 ta oltin, 12 ta kumush, 11 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan Mudofaa vazirligi sport klubi vakillari hamda “Xalqaro armiya o‘yinlari–2018” musobaqasida O‘zbekiston sha’nini himoya qilgan harbiy xizmatchilar bilan kursantlar o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

“ArMI—2018” musobaqasi doirasida o‘tkazilgan “Qo‘shin razvedkachilari a’lochilari” tanlovida ishtirok etgan harbiylar yig‘ilganlarga musobaqa haqida va musobaqagacha bo‘lgan tayyorgarlik jarayonlari xususida batafsil ma’lumot berishdi, harbiy sohada egallagan bilim, ko‘nikma va tajribalarini kursantlar bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, o‘zbekistonlik harbiylarning Xalqaro armiya o‘yinlaridagi ishtiroki haqida hikoya qiluvchi videorolik ham namoyish qilindi.

Tadbirning yana bir mehmoni yozgi Osiyo o‘yinlari oltin medali sohibi, Mudofaa vazirligi sport klubi vakili Nikita Rafalovich esa sportga ilk qadam qo‘ygan davrlaridan boshlab erishgan yutuqlari, muvaffaqiyatlari, ustozlari haqida va Jakartada bo‘lib o‘tgan o‘yinlardan olgan taassurotlarini so‘zalab berdi. Jonli muloqot kursantlarning ko‘plab savollari bilan davom etdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul—avgust oylarida “Harbiy olimpiada” nomini olgan IV Xalqaro armiya o‘yinlarida ikkinchi bor ishtirok etgan o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar 6 ta sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida oltinchi pog‘onani band etgandi.

Indoneziyada o‘tkazilgan XVIII Osiyo o‘yinlarida esa Mudofaa vazirligi sport klubining 50 nafar vakili qatnashib, jami 33 ta medalga egalik qildi. Bu o‘zbekistonlik sportchilar tomonidan qo‘lga kiritilgan umumiy medallar sonining 47 foiziga teng degani.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-09-2018, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют