» » XVIII Osiyo o‘yinlarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan Mudofaa vazirligi sport klubi a’zolari tantanali kutib olindi

XVIII Osiyo o‘yinlarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan Mudofaa vazirligi sport klubi a’zolari tantanali kutib olindi


Bugun, 28-avgust kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston shanini himoya qilgan Mudofaa vazirligi sport klubi taekvondochilari tantana bilan kutib olindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlarida taekvondo sport turi bo‘yicha Mudofaa vazirligi Sport klubi a’zosi Nikita Rafalovich (-80 kg vazn toifasida) oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Dmitriy Shokin (+80 kg) va Niyoz Po‘latov (-58 kg vazn toifasida) esa bu safar kumush medalga loyiq topildi.

Shuningdek, -67 kg vazn toifasida yana bir armiya sportchisi Nigora Tursunqulova yarim finalga qadar yetib borib, final yo‘llanmasi uchun Janubiy koreyalik Kim Jandiga qarshi jang olib bordi va mag‘lubiyatga uchrab, bronza medaliga egalik qildi.

Tantanali kutib olish marosimida Mudofaa vazirligi sport klubi mas’ul ofitserlari, sport federatsiyalari vakillari, sportchi yoshlar hamda g‘olib va sovrindorlarning oila a’zolari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy orkestri jamoasi o‘z kuy-qo‘shiqlari bilan tantanaga bayramona tus bag‘ishladi.

Ta’kidlash joizki, XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida Mudofaa vazirligi sport klubining 50 nafar sportchisi sportning 11 turi bo‘yicha, xususan, jiu-jitsu, kurash, boks, taekvondo, yengil atletika, kanoe va baydarkada eshkak eshish, og‘ir atletika, dzyudo, otish, tennis, trampolin kabi sport turlari bo‘yicha qatnashmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2018, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют