» » La Liga. “Barselona” autsayderga yutqazdi, “Real” esa “Sevilya”dan yirik hisobda mag‘lubiyatni qabul qildi (video)

La Liga. “Barselona” autsayderga yutqazdi, “Real” esa “Sevilya”dan yirik hisobda mag‘lubiyatni qabul qildi (video)


Kecha, 26-sentabr oqshomida Ispaniya La Ligasining 6-turi doirasida 4 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, “Barselona” autsayder “Leganes” mehmoni bo‘lib, kutilmaganda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 12-daqiqa Filippe Koutinyo kataloniyaliklarni hisobda oldinga olib chiqqaniga qaramay, ikkinchi bo‘limning 52 hamda 53-daqiqalarida jamoa o‘z darvozasidan 2 ta to‘p olib chiqib, g‘alabani qo‘ldan boy berdi.

“Real” ham “Barselona” kabi safar o‘yinida mag‘lubiyatga uchradi. “Sevilya” mehmoni bo‘lgan madridliklar 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. “Sevilya”ning uchala goli ham birinchi bo‘limda kiritildi. Gollarning ikkitasida Andre Silva yana biriga Vissam Ben-Yedder mualliflik qildi.

Bugun tur uchrashuvlari yakuniga yetadi.

La Liga

6-tur bellashuvlari

26-sentabr, chorshanba

Gollar: 0:1 – 12 Koutinyo, 1:1 – 52 Al-Jar, 2:1 – 53 Oskar Rodriges.

Gollar: 0:1 – 65 Fornals, 0:2 – 80 Funes Mori, 0:3 – 89 Toko-Ekambi.

Gollar: 1:0 – 17 Andre Silva, 2:0 – 21 Andre Silva, 3:0 – 39 Ben-Yedder.

Gollar: 1:0 – 25 Batshuayi, 1:1 – 82 Aspas.

27-sentabr, payshanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2018, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют