» » La Liga. Bir kishi kam o‘ynagan “Barselona” ochko yo‘qotdi, “Sevilya” esa 6 ta gol urib g‘alaba qozondi (video)

La Liga. Bir kishi kam o‘ynagan “Barselona” ochko yo‘qotdi, “Sevilya” esa 6 ta gol urib g‘alaba qozondi (video)


23-sentabr, yakshanba kuni Ispaniya La Ligasining 5-turidan o‘rin olgan 4 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, “Sevilya” jamoasi safarda “Levante” mehmoni bo‘lib, 2:6 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Vilyarreal” esa o‘z uyida “Valensiya” bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. “Betis” esa “Atletik B”ni qabul qilib, 2:2 hisobida durang qayd etdi.

Musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Barselona” o‘z maydonida “Jirona”ni qabul qildi. Bahsning 19-daqiqasida Leo Messi hisobni ochdi. 35-daqiqada mezbonlar himoyachisi Kleman Langle raqibini tirsak bilan urgani uchun maydondan chetlatildi. Bundan unumli foydalangan “Jirona” 45- hamda 51-daqiqada gol urib, hisobda oldinga chiqib oldi. Ikkala golga ham Kristian Stuani mualliflik qildi. 63-daqiqada Jerar Pike muvozanatni tikladi. Shu hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmay qoldi.

Beshinchi turdan keyin “Barselona” hamda “Real” 13 ochkodan jamg‘arib musobaqa jadvalida karvonboshilik qilmoqda.

La Liga

5-tur bellashuvlari

23-sentabr, yakshanba

Gollar: 0:1 – 11 Ben-Yedder, 1:1 – 12 Marti, 1:2 – 21 Karrisu, 1:3 – 35 Ben-Yedder,1:4 – 45 Ben-Yedder, 1:5 – 49 Andre Silva, 1:6 – 59 Sarabiya, 2:6 –90 Saymon.

Gollar: 0:1 – 7 Inyaki Uilyams, 0:2 – 18 Raul Garsiya, 1:2 – 51 Bartra, 2:2 –68 Kanales.

Gollar: 1:0 – 19 Messi, 1:1 – 45 Stuani, 1:2 – 51 Stuani, 2:2 – 63 Pike.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2018, 02:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют