» » “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri senatorlar tomonidan ma’qullandi

“Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri senatorlar tomonidan ma’qullandi


Oliy Majlis Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisida Senatorlar qonunlarni muhokama qilmoqda, deb yozadi O‘zA.

Oliy Majlis Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisida yangi tahrirdagi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ko‘rib chiqildi.

Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tartibga solishga qaratilgan yangi tahrirdagi qonun mamlakatda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini takomillashtirish borasida olib borilayotgan islohotlarning uzviy davomi sifatida baholash mumkin.

Qonunda bojxona organlari faoliyatidagi qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik prinsiplari yanada mustahkamlab qo‘yilmoqda. Yangiligi shundaki, rivojlangan davlatlarda innovatsion metod sifatida e’tirof etilgan va bizda ham amaliyotda joriy qilinayotgan xavfni boshqarish tizimi ushbu loyiha bilan huquqiy asosga ega bo‘lmoqda. Yangi normalarga ko‘ra, bojxona organi xodimi davlat organi vakili hisoblanadi va davlat himoyasi ostida bo‘ladi.

Qonunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bojxona nazoratida keng qo‘llash, bojxona sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish bojxona organlarining asosiy vazifalari sifatida belgilanmoqda.

Qonunning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, endilikda yuqori professional mahorat, axloqiy va ma’naviy sifatlarga ega yoshlarni bojxona organlariga jalb etishga yo‘naltirilgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishning prinsipial jihatdan yangi tizimi yaratiladi.

Ma’lumki, amaliyotda bojxona xodimlari ham xizmatga kirishar ekan, bojxonachi qasamyodini qabul qilishadi. Endilikda ushbu an’ana mazkur qonun doirasida qonuniylashtirilmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2018, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют