» » Toshkent metrosida talaba poyezd yo‘liga qanday tushib ketdi?

Toshkent metrosida talaba poyezd yo‘liga qanday tushib ketdi?


Bugun, 27-sentabr soat 13:49 da Toshkent metropolitening “Novza” bekati ikkinchi yo‘liga Toshkent Iqtisodiyot universitetining 3-bosqich talabasi to‘satdan tushib ketgani haqida sal avval xabar berilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, talaba yigit “Mirzo Ulug‘bek” bekatidan kelayotgan metro “Novza”ga kirayotgan paytda poyezd yo‘liga yiqilib tushgan.

“Metro bekatga kirib kelayotgan paytda birdan tormoz bosildi. Barcha silkinib ketdi. Ichkarida baqir-chaqir boshlandi, hamma oyna oldiga kelib oldi. Bir kishi birinchi vagon ostiga tushib ketgani ma’lum bo‘ldi. Keyin navbatchi militsioner voqea joyiga yugurib keldi. Mashinistdan poyezdni orqaga yurgazishni so‘radi. Mashinist yiqilib tushgan odamga shikast yetkazmaslik uchun ortga yurmasligini aytdi. Shundan so‘ng militsioner yigitga ‘ukam, qimirlayverma, ehtiyot bo‘l, elektr toki bor, relslar ichiga tushib ol’, dedi. Yordamga boshqa militsionerlar va metro navbatchilari yetib kelishdi. Yigitni qanday chiqarish haqida 5 daqiqacha o‘ylashdi. Bu vaqtda metro eshiklarini ochishmadi, metroning ortdagi vagonlari hali ham tunnel ichida edi. Vagon ichidagi bir yigit hodisani suratga olmoqchi edi, bir rus kampir ‘U yerda odam o‘lyapti, sen suratga olyapsan’ deb urishib berdi. Boshqalar ham hodisani tasvirga olmadi.

Militsioner yigitga vagon ostidan qanday chiqish bo‘yicha baland ovozlarda ko‘rsatma berdi. Yigit relslar orasidan emaklagancha birinchi vagon ostidan amallab chiqib oldi. Keyin uni zambilga ortib olib ketishdi. Zambilda olib ketishayotganda kostyum-shimdagi yosh yigitning boshidan jarohatlangani, qon izlari ko‘rindi”, — deyiladi xabarda.

Yigitni olib ketishgandan so‘ng metro bekatga kirgan va poyezd vagonlarining eshiklari ochilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2018, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют