» » Jizzaxda maktab direktoridan pul talab qilgan firibgar ayolga nisbatan hukm o‘qildi

Jizzaxda maktab direktoridan pul talab qilgan firibgar ayolga nisbatan hukm o‘qildi


20-avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudida sudlanuvchi Boykobilova Oyjamol Norjigitovnaga nisbatan hukm o‘qildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB ma’lum qildi.

O.Boyqobilova Mirzacho‘l tumanidagi 6-sonli maktab direktori B.Yorbekov va maktab hisobchisi O.Gulmuratovlarni departamentning Mirzacho‘l tuman bo‘limi tomonidan uning arizasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan tekshirishda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi bilan qo‘rqitib, arizasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan tekshirishda ularga nisbatan da’vosi yo‘qligi mazmunida ko‘rsatma berish hamda departamentning Mirzacho‘l tuman bo‘limi tomonidan ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘attirmaslik evaziga ulardan ko‘p miqdorda pul talab qilgan. Olingan pulni departament xodimiga berishini aytib, 3 ming dollar va 3,5 million so‘m talab qilib, B.Yorbekov va O.Gulmuratovlardan bu pulning ma’lum miqdorini olayotganida ushlangan.

O.Boykobilova sodir etgan jinoyati uchun tuman sudi tomonidan JKning 165 va 28,211-moddalari aybdor deb topilib, unga uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2018, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют