» » Jizzaxda 200 ming so‘m pora olgan mahalla raisiga ikki yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi

Jizzaxda 200 ming so‘m pora olgan mahalla raisiga ikki yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi


7-sentabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyati Mirzacho‘l tuman sudi tomonidan Mirzacho‘l tumani “Bog‘bon” QFY raisi Nurov Mizomxon Kulli o‘g‘liga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB ma’lum qildi.

Sudlanuvchi M. Nurov mansabdor shaxs bo‘la turib, fuqaro Butayeva Lola Amanovnaning 2017-yilda tug‘ilgan nabirasi uchun 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar nafaqa pullarini 300 ming so‘m evaziga tayinlab berishni va’da qilgan.

Shundan so‘ng Nurov Butayevadan 200 ming so‘m pul olayotgan vaqtda tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.

JIB Mirzacho‘l tuman sudi Nurovni JKning 210-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topdi va ikki yil muddatga mansabdolik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilib, ikki yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2018, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют