» » Toshkentda kasalxonadagi bemorning pulini ogirlagan kishi 3 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi

Toshkentda kasalxonadagi bemorning pulini ogirlagan kishi 3 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi


Toshkent shahrining Mirzo Ulugbek tumanidagi Boz mahallasida Jinoyat ishlari boyicha Toshkent shahar Mirzo Ulugbek tumani sudi tomonidan sayyor sud majlisi otkazildi. Unda ayblanuvchi S.R.ga nisbatan qozgatilgan jinoyat ishi korib chiqildi. Bu haqda OzA xabar berdi.

S.R. 1992-yilda Qashqadaryo viloyatida tugilgan. Muqaddam sudlanib, malum muddat ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Ammo bu ham uning kozini ochmadi. S.R. 2017-yil 6-may kuni kech soat 18:00 atrofida Mirzo Ulugbek tumanida joylashgan Davolash profilaktika markazi palatalaridan biriga yashirincha kirib, davolanayotgan fuqaro M.Ch.ga tegishli bolgan 1 million 700 ming som miqdoridagi pulni yashirin ravishda olib, hodisa joyidan goyib boladi. Markazda joylashtirilgan kuzatuv kameralarida qingir ishlari namoyon bolgan jinoyatchi ichki ishlar xodimlari tomonidan qolga olindi.

Jinoyatchi sudda qilgan ishidan chin kongildan pushaymonligini va keltirilgan moddiy zararni toliq qoplab berganini bildirib, yengillik berilishni soradi.

Sud S.R.ni Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan ayblab, unga nisbatan 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.

S.R. Jinoyat kodeksi 59-moddasining 8-qismiga asosan Jinoyat ishlari boyicha Buxoro shahar sudining 2017-yil 18-sentabrdagi hukmi bilan tayinlangan jazoga qisman qoshish yoli bilan 3 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.



Manba: Daryo.uz
: admin (8-06-2018, 22:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 7) ( 0) ( 6) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -