» » Toshkentda iPhone 8+ ni usti 5 ming so‘mlik, orasida esa 200 so‘mlik kupyuralar bo‘lgan 370 800 so‘mga sotib olgan firibgarlar jazoga tortildi

Toshkentda iPhone 8+ ni usti 5 ming so‘mlik, orasida esa 200 so‘mlik kupyuralar bo‘lgan 370 800 so‘mga sotib olgan firibgarlar jazoga tortildi


Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mirzakalon Ismoiliy mahallasida sayyor sud yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman sudi sudyasi Farrux To‘raxo‘jayev raisligida o‘zgalar mulkini firibgarlik bilan talon-toroj qilishni maqsad qilgan A.D. va I.N. qilmishi mahalla fuqarolari ishtirokida ko‘rib chiqildi, deb yozadi O‘zA.

A.D. muqaddam sudlanib, bir yil axloq tuzatish ishiga jalb qilingan edi. Biroq, o‘z qilmishi va tayinlangan jazodan to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan, yana jinoyatga qo‘l urdi.

U jinoiy sherigi I.N. bilan til biriktirgan holda, fuqaro M.S.ga tegishli iPhone 8+ rusumli telefon apparatini 7 million so‘m evaziga sotib olishini aytadi. So‘ngra oldindan tayyorlangan, faqat ustki qismlari 5 ming so‘mlik, orasida esa 200 so‘mlik kupyuralar bo‘lgan pul o‘ramlari, jami 370 ming 800 so‘mni berib, jabrlanuvchining telefonini qo‘lga kiritib, hodisa joyidan g‘oyib bo‘ladi.

Firibgarlar “OLX.uz” saytida telefonini sotish uchun e’lon bergan D.G.ni ham chuv tushirmoqchi bo‘ladi. Firibgarlar telefon narxini 850 AQSh dollariga kelishib oladi. IIB xodimlari taftish o‘tkazish vaqtida, ular qo‘lga olindi.

Sayyor sudda ular qilgan ishidan pushaymonligi, jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganini bildirib, yengillik berishni so‘radi. Jabrlanuvchi M.S. zarar to‘liq qoplangani, sudlanuvchilarga da’vosi yo‘qligini, D.G. unga zarar yetmagani, sudlanuvchilarga nisbatan da’vosi yo‘qligini ma’lum qildi.

Sud dalillar va guvohlar fikrini o‘rganib, A.D.ga JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan har oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda ikki yil, I.N.ga esa xuddi shu tartibda bir yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosini tayinladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют