» » Samarqandda ijarachini chuv tushirgan firibgarga sud hukmi o‘qildi

Samarqandda ijarachini chuv tushirgan firibgarga sud hukmi o‘qildi


Samarqandda firibgarlik ustida qo‘lga tushgan fuqaro ustidan sud bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev ma’lum qildi.

2017-yilning 14-iyuldan 24-iyul kuniga qadar Samarqand tumani, “Buxoriy” mahallasida yashovchi F.S.ning uyida vaqtincha ijarada yashab kelgan xavfli retsidivist Rustam Niyozxonov uy egasini Ishtixon tumanida tilla buyumlar sotadigan savdo do‘koni borligini bildirib, unga og‘irligi 15 gramm bo‘lgan tilla uzuk olib kelib berishni va’da qilib, 600 ming so‘m pulini qo‘lga kiritgan.

Rustam Niyozxonov “Buxoriy” mahallasida joylashgan “O‘ktam lazer oshi” oshxonasida ishlovchi F.S.ning voyaga yetmagan o‘g‘li F. D.ni Ishtixon tumanida joylashgan uyida qo‘ylari ko‘pligini aytib, unga uch bosh qo‘y olib kelib berishni va’da qilgan va aldov yo‘li bilan 550 ming so‘m pulini olgan.

So‘ng Rustam Niyozxonov F. S.ning uyda yo‘qligidan foydalanib 1 million so‘m, 600 ming so‘mlik “lodka” nomli ayollar uzugi, 1,5 million so‘mlik uzuk va sirg‘a komplekti, million so‘mlik Nokia 5800 telefoni, 100 ming so‘mlik ikkita 8 Gb li flesh-karta, jami 4,2 million so‘mlik mol-mulklarni o‘g‘irlagan.

2017-yilning oktabr oyi boshlarida Rustam Niyozxonov tasodifan tanishib qolgan, Samarqand shahar, Bag‘dod ko‘chasida yashovchi S.Sh.ning uyiga borib, 4 million so‘mlik Toshiba noutbukini va 1,6 million so‘mlik Sony fotoapparatini o‘g‘irlab ketgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand sudi sudyasi D. Nuraliyev raisligida bo‘lib o‘tgan sudda Niyozxonov Rustamning jinoiy harakatlari ko‘rib chiqildi. Sud davomida guvohlar va jabrlanuvchilarning fikrlari to‘liq tinglanib, voqea tafsilotlari to‘liq urganilib sudning hukmi e’lon qilindi.

Sud hukmiga ko‘ra Niyozxonov JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi, 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 5 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, u JKning 60, 61-moddalari tartibida jinoyat ishlari bo‘yicha Ishtixon tuman sudining 2015-yil 8-sentabr kunidagi hukmi bilan o‘talmay qolgan 11 oy 23 kun axloq tuzatish ishlari jazosini hukm bilan tayinlangan jazoga qisman qo‘shib, unga uzil-kesil o‘tash uchun 5 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2018, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 36) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют