» » Qibrayda folbinlikdan firibgarlik yo‘lida foydalangan ayol qo‘lga olindi

Qibrayda folbinlikdan firibgarlik yo‘lida foydalangan ayol qo‘lga olindi


Sodda odamlarni aldash, mol-dunyosini o‘zlashtirishni kasb qilgan, folbinlikdan firibgarlik yo‘lida foydalangan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Qibray tumanida yashovchi turmushga chiqmagan endigina yigirma besh yoshni qarshilagan S.Xatamova (ism-shariflari o‘zgartirilgan) folbinlikni kasb qilib olgan. 2018-yil 16-mart kuni u Qibray tumanida yashovchi 1973-yilda tug‘ilgan J.Botirovaning ishonchini suste’mol qilib taqib yurgan tilla taqinchoqlarini aldov yo‘li bilan o‘zlashtirgan.

Aniqlanishicha, jabrlanuvchiga taqinchoqlar omadsizlik keltirishini aytib aldagan holda jami bahosi 18 million 775 ming so‘m bo‘lgan 3 dona tilla uzuk, 2 juft tilla zirak, 1 dona tilla zanjir, shuningdek, baraka keltirishi uchun “eskicha” yo‘l bilan o‘qib beraman deb, aldab 1 million 200 ming so‘m pullarini egallab olib, o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

J.Botirova aldanganini sezib qolib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qilganidan so‘ng folbin firibgarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Qibray tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-03-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют