» » Yevro—2024 mezbonligini qo‘lga kiritgan Germaniya Turkiyadan 3 marta ko‘p ovoz olgani ma’lum bo‘ldi

Yevro—2024 mezbonligini qo‘lga kiritgan Germaniya Turkiyadan 3 marta ko‘p ovoz olgani ma’lum bo‘ldi


Bugun, 27-sentabr sanasida UEFA tashkiloti 2024-yilda futbol bo‘yicha Yevropa chempionatiga Germaniya mezbonlik qilishini e’lon qilgani haqida xabar berilgandi.

Unga ko‘ra, ovoz berish natijasida Germaniya mezbonlik huquqini qo‘lga kiritdi. Nemislar Turkiyadan 3 baravar ovoz ko‘p to‘plagan. Ya’ni UEFA ijroqo‘mi a’zolaridan 12 nafari Germaniyaga, 3 nafari esa Turkiyaga ovoz bergan. Yana biri esa betaraf qolgan. Qayd etish joiz, mezbonlik uchun mazkur ikki davlatdan boshqa da‘vogarlar yo‘q edi.

Germaniya bungacha 3 ta katta musobaqaga mezbonlik qilgan. Ikki bor Jahon chempionati va bir marta Yevropa chempionati.

Yevro—2024 arizasi uchun Germaniya 10 ta shahardagi stadionlarni tanlagan edi: Berlin, Myunxen, Dortmund, Gelzenkirxen, Shtutgart, Gamburg, Dyusseldorf, Kyoln, Leypsig va Frankfurt-Mayn.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2018, 00:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 26) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют