» » Germaniyada o‘nglar partiyasi parlamentga kirgani sabab norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

Germaniyada o‘nglar partiyasi parlamentga kirgani sabab norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi


Germaniyaning bir nechta shaharlarida “Germaniya uchun muqobil yo‘l” (AfD) o‘ng partiyasining bundestagga kirganiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Deutsche Welle’ga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Nashrning ta’kidlashicha, yomg‘ir yog‘ganiga qaramay, AfD partiyasining shtabi yaqinidagi Aleksanderplas maydoniga 700 ga yaqin odam to‘plandi. Namoyishchilar “Rasizm (irqchilik) o‘tmaydi” va “Afd — natsistlar to‘dasi”, shuningdek, “Natsistlar yo‘qolsin” deya hayqirishgan.

Politsiya vaziyatga aralashmadi, ammo namoyishchilarning binoga juda yaqin kelishiga ham yo‘l qo‘ymagan. Berlin politsiyasining xabar berishicha, namoyishchilar AfD shtab-kvartirasi binosiga uloqtirishga harakat qilgan tosh va butilkalarning ayrimlari huquq-tartibot xodimlariga tekkan.

Xuddi shunga o‘xshash aksiyalar Kyoln, Frankfurt-Mayn, Myunxen, Dyusseldorf, Gettingen, Drezden, Leypsig, Mayns va boshqa shaharlarda bo‘lib o‘tgan.

Avvalroq, Germaniya Markaziy saylov komissiyasi mamlakat parlament saylovlarning dastlabki yakunlarini e’lon qilgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-09-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют