» » Fazliddin G‘oibnazarov: Tomoshabop jang o‘tkazib g‘alaba qozonmoqchiman

Fazliddin G‘oibnazarov: Tomoshabop jang o‘tkazib g‘alaba qozonmoqchiman


Avvalroq Rio—2016 Olimpiadasi chempioni, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oibnazarov 20-oktabr kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazishi haqida xabar berilgandi.

Fazliddinga prof ringdagi 6-jangida amerikalik bokschi Uilbert Lopes raqiblik qiladi. Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati jangdan oldin bokschining tayyorgarligi qanday borayotganligi bilan qiziqdi.

“Navbatdagi raqibim professional ringda yaxshigina tajribaga ega. Chapaqay. Men har bir raqibga qarshi alohida tayyorgarlik olib boraman. To‘qnash keladigan raqibimni o‘rganmay ringga chiqmayman. Tayyorgarlikni uning chapaqayligini hisobga olgan holda olib boryapmiz. Mashg‘ulot zallarini ham shunga qarab o‘zgartirib turibmiz. Tajribali chapaqay bokschilar bilan sparring janglar o‘tkazdim. Bir so‘z bilan aytganda, tayyorgarlik raqibni to‘liq o‘rganishga qaratilgan. O‘ylaymanki, bu menga asqatadi. 20-oktabr kuni tomoshabop jang o‘tkazib, g‘alabaga erishmoqchiman”,—deydi G‘oibnazarov.

Ma’lumot uchun, Fazliddin shu kungacha professional ringda 5 ta jang o‘tkazib, ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan. Janglarning 2 tasida nokaut evaziga raqiblarini mag‘lub etgan.

Lopesning tajribasi esa bu borada biroz ko‘proq. U professional ringda 34 ta jang o‘tkazib, ularning 23 tasida g‘alaba qozongan. 15 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. 9 ta to‘qnashuvda esa mag‘lubiyatga uchragan. 1 ta jangda muddatidan oldin yutqazib qo‘ygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2018, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют