» » Farg‘onada mikro GES ishga tushirildi. Undan shahardagi ayrim ko‘cha va xiyobonlarni yoritishda foydalanilmoqda

Farg‘onada mikro GES ishga tushirildi. Undan shahardagi ayrim ko‘cha va xiyobonlarni yoritishda foydalanilmoqda


Farg‘ona shahri hududidan oqib o‘tadigan Marg‘ilonsoy kanaliga mikro GES o‘rnatilib, ishga tushirildi. Farg‘ona politexnika instituti olimlari tomonidan yaratilgan mazkur inshoot O‘zbekistonda ilk bor ixtiro qilingan oddiy suv generatoridir, deb xabar bermoqda O‘zA.

Tadqiqot jarayonida olti ustun-transheyadagi ko‘cha yoritish chiroqlari shahar elektr tarmoqlaridan uzib qo‘yilib, qurilma yordamida yoritib kuzatildi. Soatiga 50 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqaradigan generator elektr energiyasining uzluksizligini ta’minlashi aniqlandi.

Texnika fanlari doktori, professor Sirojiddin Ergashev rahbarligida, “Farg‘onaazot” ko‘magida yaratilgan suv generatorini yanada takomillashtirib, viloyatdagi boshqa suv havzalarida ham sinab ko‘rmoqchimiz. Izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, charxpalak qurilmasi yordamida elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatini yanada oshirish mumkin. Shu kunlarda ushbu qurilmaning ishlash imkoniyatini yanada kengaytirish ustida ish olib borilmoqda.

U.Rustamov, Farg‘ona politexnika instituti energetika fakulteti o‘qituvchisi

Qayd etilishicha, uskunaning gidrotrubinalari metalldan yasalgan. Uning maxsus cho‘michlari kinetik energiyani mexanik energiyaga aylantirib beradi. Aylanma harakat, o‘z navbatida, elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Ayni paytda mazkur mikro GES yordamida Farg‘ona shahridagi ayrim ko‘cha va xiyobonlar chiroqlari elektr energiyasi bilan ta’minlanmoqda.

Sodda ishlangan va kam xarajat talab etadigan ushbu charxpalak GES elektr energiyasini tejash va uning uzluksizligini ta’minlashda qo‘l keladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-02-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют