» » Iqtisodiy tadqiqotlar markazi: Ozbekistonda energiya sarfi darajasi rivojlangan mamlakatlarda erishilgan korsatkichlardan 23 baravar ortiq

Iqtisodiy tadqiqotlar markazi: Ozbekistonda energiya sarfi darajasi rivojlangan mamlakatlarda erishilgan korsatkichlardan 23 baravar ortiq


Ozbekistonda energetika resurslaridan foydalanish tizimi tubdan qayta korib chiqish, taraqqiyotning energiya samaradorligini taminlaydigan modeliga otish bugungi kun zaruratidir. Iqtisodiy tadqiqotlar markazi ekspertlari tomonidan tayyorlangan tahliliy materialda shu haqda soz boradi.

Respublikada sanoatlashish surati hamda aholi sonining jadal osishi tufayli energiya istemoli, ayniqsa, iqtisodiyot tarmoqlarining energetika resurslariga bolgan ehtiyoji sezilarli darajada ortib boraveradi. BMT prognozlariga kora, 2030-yilga borib Ozbekistonda aholi soni 37 million kishiga yetishi mumkin.

Bu, oz navbatida, uglevodorod resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanishni taqozo qiladi. Resurslar istemolining bugungi hajmi saqlanib qoladigan bolsa, 2030-yilda energetika resurslarining tanqisligi jami ehtiyojga nisbatan 65,4 foizni tashkil qilishi ehtimoli bor.

Uglevodorod resurslari orasida tabiiy gazga alohida etibor talab etiladi. Chunki elektr energetikasida, birlamchi issiqlik-energetika resurslari ehtiyojlari tarkibida tabiiy gazga bogliqlik 85 foizdan ortadi. Tabiiy gaz sarfining 42 foizi elektr energiyasini ishlab chiqarish, 27 foizi aholi, 26 foizi iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini taminlashga togri keladi. Shuning oziyoq, birinchi galda, tabiiy gazdan issiqlik elektr stansiyalari (IES)da elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish uchun foydalanish samaradorligini oshirish zarurligini korsatadi.

Afsuski, bugungi kunda sohaning joriy texnik holati shu darajadaki, IESda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxida xarajatlar ulushi ortacha 94,5 foizni, ayrim stansiyalarda esa 100 foizdan ortiqni tashkil etmoqda. Issiqlik elektr stansiyalarida asbob-uskunalarning eskirishi ortacha 91,73 foiz ekani bunga sabab bolmoqda. 2015-yilda Ozbekenergo AJ kondensatsion issiqlik elektr stansiyalarida elektr energiyasini ishlab chiqarishda foydali ish koeffitsiyenti 28,442 foiz ortasida, ortacha esa 33,5 foizni tashkil qildi. Bu Yevropa Ittifoqi, Janubi-Sharqiy Osiyoda foydalanilayotgan shu turdagi zamonaviy issiqlik elektr stansiyalari korsatkichlaridan 1,5 baravar kam.

Tabiiyki, 1 kilovatt-soat elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun xorijdagi elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilari bilan taqqoslaganda koproq issiqlik-energetika resurslari sarflanmoqda. Masalan, 2015-yilda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari zamonaviy IESlarida 1 kilovatt-soat elektr energiyasini hosil qilishga 269 gramm shartli yonilgi sarflangan bolsa, Ozbekenergo AJ issiqlik elektr stansiyalarida bu korsatkich qariyb 374,9 grammga yetadi.

Hozirgi kunda Navoiy, Talimarjon, Toshkent issiqlik elektr stansiyalarida amalga oshirilayotgan bug-gaz va gaz turbinasi qurish ishlari, shuningdek, yaqin kelajakda Toraqorgon, Taxiatosh, Sirdaryo IESlarida ham bunday ishlar kozda tutilayotgani sohada yonilgi sarfini 1 kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun 269300 grammgacha shartli yonilgiga qisqartirish imkonini beradi. Bu say-harakatlar, shubhasiz, energetika sohasida barqaror rivojlanishni taminlash yolidagi strategik vazifalardan biri bolgan yonilgini qatiy tejash, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishga xizmat qiladi.

Bugun Ozbekistonda energiya sarfi darajasi rivojlangan mamlakatlarda erishilgan korsatkichlardan 23 baravar ortiqni tashkil etadi. Misol uchun, kimyo sanoatidagi yuqori energiya sarfi oz-ozidan mahsulot tannarxining ortishi hamda uning yetarli darajada raqobatdosh emasligiga asosiy sabab bolmoqda. Ozbekiston kimyo sanoati korxonalarida mahsulot chiqarish narxida xarajatlar ulushi 99,7100 foizni tashkil qiladi. Ulardan 64 foizi aynan energetika resurslariga sarflanadi. Vaholanki, zamonaviy texnologiya va asbob-uskunalarni qollaydigan xorijiy korxonalarda bu korsatkich 2530 foizdan iborat, xolos.

Xususan, Ozbekistonda bir tonna ammiak ishlab chiqarishga 1868 kub metr tabiiy gaz sarflanadi. Bu jarayonda Haldor Topsoe rusumli zamonaviy uskunalardan foydalanilganda, mazkur korsatkich 902 kub metrdan oshmaydi. Yani, Ozbekiston korxonalarida ammiak ishlab chiqarishga tabiiy gaz sarfi zamonaviy texnologiyalar qollanilgandagiga qaraganda 2,1 baravardan ham kop. Bunday ishlab chiqarish subyektlarida elektr energiyasi turdosh zamonaviy korxonalardagiga nisbatan 1,52,5 baravar kop ishlatiladi. Qolaversa, eskirgan asbob-uskunalar tamirtalab bolib qolgani sababli ularning ekspluatatsiyasi xarajatlari 1,52 baravar koproq.

Hisob-kitoblar shuni korsatadiki, Ozbekistonda tejamkor quvvatlar ishga tushirilsa, energiya sarfini 22,5 baravarga, ammiak tannarxini esa 1,8 baravarga pasaytirish mumkin. Bunday holat boshqa turdagi mineral ogitlar ishlab chiqarishda ham kuzatilmoqda. Masalan, azot ishlab chiqarishda mahsulot tannarxida energiya resurslarining ulushi 70 foizdan ortiqni tashkil qiladi, energiya sarfi esa xorijdagiga nisbatan 22,5 baravardan oshadi. Umuman, kimyo sanoatida energiya istemoli bir foizga kamayishi mahsulot tannarxini 0,60,8 foizga pasaytirish imkonini beradi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, bugun kimyo sohasidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mineral ogitlar monopol mahsulotlar reyestriga kiritilgan. Monopol mahsulot narxida kozda tutilgan daromad har doim ham ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash, korxonani rivojlantirish hamda moliyaviy-iqtisodiy xavflarning oldini olish maqsadida oz aylanma mablagini toldirish uchun yetmaydi.

Bundan tashqari, mineral ogit sotib oladiganlar qishloq xojaligi korxonalarining debitor qarzdorligi, ikkinchi tarafdan ishlab chiqarilgan mahsulotning meyordan ziyod qoldigi mavjudligi tufayli vaziyat yanada chuqurlashib, energiya resursi yetkazib beruvchilar kreditor qarzdorligining ortishiga sabab bolmoqda.

Bunda kimyo sanoatida energiya samaradorligini oshirish mavjud ammiak va azot ishlab chiqarish quvvatlarini ilgor texnologiyalarni joriy qilish orqali toliq modernizatsiyalashni hamda energiya kop istemol qiladigan quvvatlarni ekspluatatsiyadan chiqarishni taqozo etmoqda. Bu ammiak tayyorlashda energiya sarfini 1,52 baravarga kamaytirishga zamin yaratadi.

Navoiy viloyatida Navoiyazotning eskirgan quvvatlari ornida ammiak, karbamid va azot kislotasi ishlab chiqaradigan zamonaviy quvvatlarni qurish togrisida qaror qabul qilingan bolsa-da, Fargonaazotda bu borada aniq bir strategiya yoq. Taassufli tomoni shundaki, ushbu korxona mahsulotlari tashqi bozor u yoqda tursin, ichki bozordagi raqobatga ham bardosh bera olmayapti.

Qurilish materiallari sanoati ham issiqlik-energetika resurslarining yirik istemolchisi hisoblanadi. Mazkur sohada mahsulot ishlab chiqarish hamda sotishda yonilgi va energiya sarfi ulushi 50 foizga yetadi. Bu, albatta, otgan asrda qurilgan zavodlarda hali ham eskirgan texnologiyalardan foydalanilayotgani natijasidir. Bugun sement ishlab chiqaradigan uchta zavodda yuqori energiya sarfiga ega bolgan hol deb ataladigan usul keng qollaniladi. Misol uchun, Ohangaronsementda bir tonna mahsulot ishlab chiqarishga 286,7 kilogramm, Quvasoysementda 246,6 kilogramm, Bekobodsementda esa 230 kilogramm shartli yonilgi ketadi.

Ozbekistondagi sement zavodlaridan faqatgina Qizilqumsementda kam, yani 130 kilogramm shartli yonilgi sarflanadi. Bu quruq usuli amaliyotga tatbiq etilgani samarasidir. Ammo ushbu korsatkich ham Yaponiya, Koreya Respublikasidagi tegishli korxonalar bilan qiyoslanganda 30 foiz kop.

Quruq usulida ishlaydigan mazkur korxonalarda shartli yonilgining barcha sarfi bir tonna klinkerga 120 kilogrammdan oshmaydi. Xitoy va Turkiyadagi sement zavodlari ham xuddi shunday korsatkichlarga ega. Aynan ular ichki bozordagi mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan asosiy raqobatga kirishadi. Natijada ozimizning sement mahsulotimiz narx omili sabab raqobatda oz mavqeini boy berib qoymoqda.

Samaradorligi yuqori bolgan texnologiyalarni joriy etish orqali energiya istemolini hatto 30 foizga kamaytirish istiqbolda sement zavodlarida 230 ming tonna shartli yonilgi yoki 200 million kub metr tabiiy gaz tejab qolish imkonini beradi. Pirovardida sement tannarxi 1520 foiz arzonlashadi.

Shuningdek, gisht ishlab chiqarishda ham energiya resurslari katta miqdorda sarflanadi. Xalqaro amaliyot shuni korsatayaptiki, ishlab chiqarishda energiya sarfini keskin kamaytiradigan texnologiyalar mavjud. Jumladan, gaz otkazmaydigan tunnel pechlarini qollash, boshliqni kengaytirish orqali yonilgi sarfini ortacha 3040 foiz iqtisod qilish mumkin. Ammo ushbu texnologiyalar mamlakatdagi korxonalarda ommalashmayapti.

Shu manoda, qurilish sanoati korxonalarini tubdan modernizatsiyalash, amaliyotga yuqori texnologik liniyalarni joriy qilish zarur. Bunda, ayniqsa, energiya tejamkor texnologiyalarga alohida etibor qaratish lozim. Masalan, govakli kavakda gisht ishlab chiqarishni yolga qoyish yonilgi sarfini 15 foiz qisqartiradi. Qurilishda ishlatiladigan hamda issiq saqlaydigan materiallarning zamonaviy turlarini ishlab chiqarishni ozlashtirish ham juda muhim. Negaki, devor konstruksiyasidagi 1 kub metr shunday material 3 mingta gishtning issiqlikni izolyatsiyalovchi xususiyatini ozida mujassam etadi. Vaholanki, mahsulot ishlab chiqarishga atigi 50 kilogramm shartli yonilgi ketsa, 3 ming dona gisht tayyorlashga 1000 kilogramm shartli yonilgi sarflanadi.

Energiya samaradorligini oshirish energetik resurslarni, birinchi galda, Ozbekiston uchun strategik ahamiyatga ega bolgan tabiiy gazni iqtisod qilishga, ayni paytda yuqori qoshilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga keng yol ochadi. Masalan, 3,5 milliard kub metr tabiiy gazni sintetik suyultirilgan yonilgiga aylantirish xomashyoga nisbatan qoshimcha qiymatni 79 baravar oshirish imkonini beradi. Hisob-kitoblar shuni korsatayaptiki, Ozbekistonda gazni GTL texnologiyasi boyicha qayta ishlash orqali mahsulot tayyorlash tannarxi dunyo korsatkichlaridan birmuncha past. Xususan, metanol ishlab chiqarish 2 baravar, sintetik yonilgi 1,6 baravar arzon. Bu gazning eksport narxlari boyicha qiymatini hisobga olgan sharoitda ham yuqori raqobat korsatkichlariga erishishda muhim omildir.

Bunday misollarni koplab keltirish mumkin. Deylik, ming kub metr tabiiy gaz qiymatini birlik sifatida oladigan bolsak, undan plastik mahsulotlar ishlab chiqarilsa, bozor qiymati 15 baravar osadi, tayyor mahsulotlar 25 marta kopayadi. Korinib turibdiki, tabiiy gaz eksportining ortib borayotgan qismini qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni eksport qilish jadallashtirilishi maqsadga muvofiq.

Bularning barchasi energiya samaradorligini oshirish boyicha uzoq muddatli davlat strategiyasini ishlab chiqish va qabul qilish zaruratini tugdirmoqda. Energiya samaradorligini yuksaltirishdek foydalanilmay yotgan ulkan zaxirani ishga solish, shubhasiz, mamlakat rahbariyati tomonidan belgilab berilgan milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish hamda yalpi ichki mahsulot yuqori suratlarda osishini taminlash boyicha ustuvor vazifalarni hal qilishda muhim orin tutadi.

Diqqat, diqqat! Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali Toshqin Daryo (@toshqindaryo)ga obuna bolib, yangiliklardan ovozli korinishda bahramand bolishingiz mumkin.

: admin (11-02-2017, 14:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
:
-
:
20 ... -