» » Bahodir Jalolov 30-sentabrda professional boksdagi 2-jangini o‘tkazadi, raqib amerikalik

Bahodir Jalolov 30-sentabrda professional boksdagi 2-jangini o‘tkazadi, raqib amerikalik


Jahon chempionati sovrindori, bugungi kunda prof ringda faoliyatini davom ettirayotgan o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov navbatdagi jangini 29-sentabr (Toshkent vaqti bilan 30-sentabr) kuni AQShda o‘tkazadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Professional boksdagi ikkinchi jangida Jalolovga mezbon bokschi Tomas Haukins raqib bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Bahodir may oyida professional ringdagi debyutini nishonlagan va o‘shanda Ugo Truilioni nokaut evaziga mag‘lub etgandi. Tomas esa hozirgacha 7 ta jang o‘tkazib, ularning to‘rttasini o‘z foydasiga hal qilgan (1 tasida nokaut evaziga g‘alaba qozongan). Uchta jangda esa mag‘lubiyatga uchragan (1 ta jangda nokaut bo‘lgan).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2018, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют