» » Bahodir Jalolovning prof ringdagi 2-jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Bahodir Jalolovning prof ringdagi 2-jangi sanasi ma’lum bo‘ldi


22-iyul kuni tongda professional ringda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov AQShda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Ushbu jangda superog‘ir vaznli Bahodirga amerikalik Kurtis Xid raqiblik qiladi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

Xid bungacha professional boksda oltita jang o‘tkazgan va ularning to‘rttasida g‘alaba qozongan (3 tasi nokaut bilan). Ikkita jangda esa mag‘lubiyatga uchragan. Bahodir esa prof ringdagi debyutini may oyida nishonlagan va o‘shanda meksikalik Ugo Truxiloni texnik nokaut evaziga mag‘lub etgandi.

“Jangga tayyorgarlik yuqori saviyada tashkil etildi. Ishonch bilan ayta olamanki, bahsga tayyorman. Ringga faqat bitta maqsad bilan chiqaman – g‘alaba qozonish! O‘zbekiston bayrog‘ini yuqori ko‘tarib, yurtdoshlarimizni xursand qilmoqchiman”, – dedi Jalolov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют