» » 43 yoshli Oksana Chusovitina Parijdagi Jahon kubogida qatnashadi

43 yoshli Oksana Chusovitina Parijdagi Jahon kubogida qatnashadi


Joriy yilning 29—30-sentabr kunlari Fransiyaning Parij shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi o‘tkaziladi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

Musobaqada jahonning 20 mamlakatidan 40 nafardan ortiq sportchi ishtirok etadi. Jahon kubogida o‘zbekistonlik 43 yoshli Oksana Chusovitina ham qatnashadi. Musobaqa Tokio—2020 Olimpiya o‘yinlariga reyting ochkolarini beradi.

Ma’lumot uchun, Chusovitina uch karra Jahon chempioni, Yevropa chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibasi, 7 marta yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi hisoblanadi. Oksana XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida kumush medaliga ega chiqqandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2018, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют