» » Tirik afsona: Oksana Chusovitina Dohadagi Jahon kubogida oltin medal sohibiga aylandi

Tirik afsona: Oksana Chusovitina Dohadagi Jahon kubogida oltin medal sohibiga aylandi


O‘zbekistonlik gimnastikachi, 7 karra Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Oksana Chusovitina Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tkazilayotgan Jahon kubogining navbatdagi bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.

Shu yilning 19-iyun kuni 42 yoshni qarshilaydigan afsonaviy sportchi tayanib sakrash bahslarida 14,116 ball bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi. Avstraliyalik Emili Littl (14,099) kumush, slovakiyalik Teya Belak (14,083) bronza medaliga ega chiqdi.

Mavzuga doir: Lola Karimova-Tillayeva Bokuda oltin medalni qo‘lga kiritgan Oksana Chusovitinani tabrikladi

Qayd etish joiz, Oksana Chusovitina 2017-yil hisobidan AQShning Xyuston shahridabo‘lib o‘tgan xalqaro turnirda 2 ta oltin va 2 ta bronza medali, Kanadadagi musobaqada esa kumush medaliga ega chiqqan edi.

Bir necha kun avval esa o‘zbekistonlik gimnastikachi Boku shahrida o‘tkazilgan Jahon kubogida ham oltin medalga ega chiqqandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-03-2017, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют