» » O‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylar bo‘yicha Prezident farmoni ijrosi nega ta’minlanmayapti?

O‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylar bo‘yicha Prezident farmoni ijrosi nega ta’minlanmayapti?


O‘zbekiston Prezidentining “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida” 2018-yil 20-apreldagi PF-5421-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 21-iyundagi 461-son qarori qabul qilingan. Ammo, shunga qaramay, farmon ijrosida muammolar kuzatilmoqda, deb xabar beradi “Daryo”ga davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi.

Ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqini e’tirof etish uchun Toshkent shahri bo‘yicha 2 600 dan ortiq ariza kelib tushgan bo‘lib, shundan faqat 79 ta murojaat asosida mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha tuman hokimligining qarori chiqarilgan bo‘lsa, 2 500 dan ortiq ariza ijrosi ta’minlanmasdan qolmoqda.

Bektemir, Olmazor, Sergeli, Uchtepa, Chilonzor, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida shu kunga qadar birorta ham noqonuniy qurilgan yakka tartibdagi uy-joylarga nisbatan tuman hokimligi qarori qabul qilinmagan. Mirzo Ulug‘bek tumanida 16 ta (murojaatlar soni 250 ta), Mirobod tumanida 21 ta (murojaatlar soni 170 ta), Yunusobod tumanida 41 ta (murojaatlar soni 900 ta) va Yashnobod tumanida 1 ta noqonuniy uy-joyga nisbatan (murojaatlar soni 350 ta) mulk huquqi e’tirof etish haqida hokim qarori qabul qilingan xolos.

Tuman Davlat soliq inspeksiyalari, Ichki ishlar boshqarmalari va bo‘limlari, Davlat sanitariya va epidemiologiya nazorati markazlari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Toshkent shahar boshqarmasi Vazirlar Mahkamasining 461-son qarorida belgilangan vazifalarni bajarmasdan kelmoqda. Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan mazkur davlat xizmatini ko‘rsatishda ishtirok etuvchi vakolatli davlat organlari mutassadi xodimlarga nisbatan intizomiy ta’sir choralari ko‘rilishiga, shuningdek MJtKning 2155-moddasiga ko‘ra 31 mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilganiga qaramay, yuqorida ko‘rsatilgan farmon va qarorning ijrosi ta’minlanmasdan qolmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, fuqarolarning noroziligiga va yurtimizda olib borilayotgan islohotlarga, shuningdek davlat organlariga bo‘lgan ishonchi pasayib borishiga sabab bo‘lmoqda.

Qarorning 5-bandida ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalarining ishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish ishlari “respublika — viloyat — tuman (shahar)” uch pog‘onali prinsip bo‘yicha amalga oshirilishi, shuningdek 10-bandida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob berishlari belgilab qo‘yilgan.

“PF-5421-son farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 461-son qarori ijrosi mutassadi tashkilotlar tomonidan tez kunlarda ta’minlanadi va fuqarolarning ovoragarchiligiga chek qo‘yiladi deb umid qilamiz”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2018, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют