» » Toshkentda MDHga a’zo davlatlar Mudofaa vazirlari kengashi majlisi o‘tkaziladi

Toshkentda MDHga a’zo davlatlar Mudofaa vazirlari kengashi majlisi o‘tkaziladi


Joriy yilning 10—12-oktabr kunlari Toshkentda MDHga a’zo davlatlar Mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlarning Mudofaa vazirlari kengashi huzuridagi Havo hujumidan mudofaa masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaning 48-majlisi bo‘lib o‘tgan edi.

Mudofaa vazirlari kengashi doirasidagi o‘zaro hamkorlik mintaqada mudofaa va xavfsizlikni ta’minlashning dolzarb muammolariga javob berishga imkon beradi. Kengash MDHning milliy va jamoaviy manfaatlariga qo‘shilish imkonini beradigan noyob platforma vazifasini o‘taydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-09-2018, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют