» » Sunamidan omon qolgan indoneziyaliklar do‘konlarni talashni boshladi

Sunamidan omon qolgan indoneziyaliklar do‘konlarni talashni boshladi


Vayronkor sunamidan jabrlangan Indoneziyaning Sulavesi oroli aholisi do‘konlarni va yoqilg‘i quyish shoxobchalarini talashni boshladi. Bu haqda BBC News xabar berdi.

Aholi vakillarning ta’kidlashicha, hech qanday yordam yo‘q, ular esa yegulikka muhtoj. Boshqalarning aytishicha, ularda hech narsa qolmagan, bolalarni ovqatlantirish kerak, tezlikda yordam olishning shunchaki boshqa usuli yo‘q.

Odamlar do‘konlardan mahsulotlarni olib ketmoqda, butun vitrinalarni sindirmoqda, yoqilg‘i quyish shoxobchalarida yoqilg‘i quyib olmoqda. Ko‘chalardagi politsiyachilar esa voqealarni xotirjam kuzatmoqda. Rasmiylarning ma’lum qilishicha, yo‘qotishlar keyinchalik kompaniyalarga to‘lab beriladi.

Shuningdek, halokat hududlarida vayron bo‘lgan qamoqxonalardan 1200 nafar mahbus qochib ketgan. Mahbuslar uchta qamoqxonadan qochgan: Palu shahrida ikkita va Dungala tumanida bitta. Zilziladan keyin qamoqxonalardan birining devori qulab tushgan, boshqasida esa mahbuslar eshiklarni buzgan, uchinchi qamoqxonada mahkumlar halokat hududlaridagi qarindoshlari bilan bog‘lanish uchun yong‘in uyushtirgan. Shu bilan bir vaqtda, tabiiy ofat sababli qamoqxonalarda qolgan mahbuslarni oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlab bo‘lmayapti.

Magnitudasi 7,7 ga teng bo‘lgan zilzila Indoneziyada 28-sentabr, juma kuni yuz berdi. Yer qimirlashi oqibatida minglab uylar, shuningdek, mehmonxonalar, kasalxonalar va savdo markazlari buzilgan. Yerosti silkinishidan keyin orolga balandligi ikki metrdan olti metrgacha bo‘lgan to‘lqinlar yopirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning soni 1200 kishidan oshgan. Qurbonlar sonining oshishi kutilmoqda. Vayronlarni ochish uchun og‘ir texnika yetishmayapti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2018, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют