» » O‘zbekistonda 9 oy davomida inflyatsiya darajasi 8,1 foizni tashkil etdi

O‘zbekistonda 9 oy davomida inflyatsiya darajasi 8,1 foizni tashkil etdi


Joriy yilning sentabr oyida iste’mol bozorida tovarlar va xizmatlar narxi o‘rtacha 1,8 foizga ko‘tarildi. Umumiy hisobda 9 oy davomida iste’mol sektorida inflyatsiya darajasi 8,1 foizni tashkil etdi. Oy davomida umumiy narxlar darajasining o‘sishiga tovarlar 1,9 foiz, xizmatlar esa 1,2 foizga ta’sir ko‘rsatdi. 2017-yil oxiriga nisbatan tovarlar narxi o‘rtacha 7,4 foizga, xizmatlar 10,1 foizga qimmatlashdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida aytiladi.

2018-yilning 9 oyi mobaynida inflyatsiya darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar orasida ayrim tovarlar narxlarining tartibga solinishi, kreditlash hajmining ortishi natijasida iqtisodiy jabhalarda investitsion va iste’mol talablarining kengayishi, inflyatsion taxminlarning o‘zgarishi, narxning mavsumiy o‘zgarishi, shuningdek, milliy valyuta qiymatidagi o‘zgarishlarni sanab o‘tish mumkin.

Joriy yilning sentabr oyida aholiga pullik xizmat ko‘rsatish sohasida narxlarning o‘sishida asosiy omil – oliy ta’lim muassasalarida o‘qish bo‘yicha to‘lov-kontraktlarining oshirilganligidir.

2018/2019-yildan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun to‘lov shartnomalari miqdori eng kam oylik ish haqi (EKOIH) miqdoridan kelib chiqib hisoblana boshladi. Respublika bo‘yicha kuzatilayotgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha to‘lov-kontraktlari miqdori o‘rtacha 20,3 foizga oshgani (EKOIH joriy yilning 15-iyulidan 7 foizga ko‘tarilgan) oy davomidagi inflyatsiyaning 0,2 foiz darajada ortishiga olib keldi.

Kommunal sohadagi narxlari tartibga solinuvchi tariflarning o‘sishi (o‘rtacha 13,8 foiz), yo‘lovchi tashish transportida yo‘l haqining oshirilishi (9,1 foiz), dam olish xizmatlari (18,2 foiz), xorijiy til o‘rgatishni hisobga olgan holda ta’lim xizmatlari va haydovchilikka o‘qitish (15,7 foiz) va maishiy turdagi xizmatlarning (8,1 foiz) qimmatlashishi ta’sirida joriy yilning yanvar-sentabr oylarida umumiy xizmatlar iste’mol narxlari indeksi shakllandi.

2017-yilning oxiriga nisbatan temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish xizmatlari o‘rtacha 19,1 foizga, avtomobil transportida 9,8 foiz va havo transportida yo‘lovchi tashish xizmatlari o‘rtacha 1,5 foizga qimmatlashdi.

Fevral oyida temir yo‘l orqali qatnov narxining sezilarli darajada qimmatlashishi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ o‘z hisob-kitoblarida avvalgi qayd etilgan Shveysariya franki qiymatidan Markaziy bankning rasmiy qiymati bo‘yicha hisoblash tartibiga o‘tilganligi bilan bevosita bog‘liq. Ushbu o‘tishning oqibatlarini yumshatish maqsadida kompaniya tomonidan platskart qiymatlarini arzonlashtirish yuzasidan hisob-kitoblarda qator pasaytiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llanilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2018, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют