» » JKga jarima ixtiyoriy to‘langanda jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkinligi haqidagi norma kiritildi

JKga jarima ixtiyoriy to‘langanda jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkinligi haqidagi norma kiritildi


Oliy Majlis Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta’minlashga va jinoiy javobgarlikni liberallashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun ma’qullandi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga jarima ixtiyoriy ravishda to‘langanligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkinligi haqidagi norma kiritildi.

Qonunga ko‘ra, Jinoyat kodeksidagi 90 ta moddada jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning ushbu turi qo‘llanilishi mumkin.

Buning uchun tegishli moddada nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda ayblanayotgan shaxs, o‘z aybiga iqror bo‘lishi, yetkazilgan zararni bartaraf etishi hamda tegishli modda bo‘yicha nazarda tutilgan jarimaning eng ko‘p miqdoriga teng summani ixtiyoriy ravishda to‘lashi kerak.

Qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach yuridik kuchga ega bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-10-2018, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют