» » Pavel Durov Telegram’da aniqlangan “zaiflik”ni izohladi

Pavel Durov Telegram’da aniqlangan “zaiflik”ni izohladi


Telegram asoschisi Pavel Durov dasturda avvalroq aniqlangan zaiflik ortiqcha oshirib yuborilgan shov-shuv ekanligini aytdi, deb yozadi “Life.ru”.

“Ma’lumotlarning bunday tarqalib ketishi WhatsApp, Viber kabi boshqa messenjerlarning 100 foiz qo‘ng‘iroqlarida yuz beradi. Shunday ekan, “zaif” Telegram Desktop’ning xavfsizligi boshqalarga qaraganda kamroq bo‘lmagan”, — dedi u.

Durovning so‘zlariga ko‘ra, “ma’lumotlarning sizib chiqib ketishi” shundan iborat bo‘lganki, siz Telegram Desktop orqali muloqot qilayotgan odam nazariy jihatdan sizning IP-manzilingizni bilishi mumkin bo‘lgan. Chunki ulanish bevosita bir xil darajali P2P qo‘ng‘irog‘i orqali bo‘ladi (serverlardan o‘tib). Telegram’ning mobil versiyalarida bunday aloqa kanali boshidan o‘chiq bo‘ladi. Boshqa messenjerlar esa faqat shundangina foydalanadi.

Telegram Desktop Telegram’ning barcha qo‘ng‘iroqlarining 0,01 foizidagina qo‘llaniladi, yangilanganidan keyin esa unda ham kompaniyaning oraliq server ishlatiladi va IP-manzillar yashiriladi.

Avvalroq xavfsizlik sohasidagi mutaxassis Xiraj Mishra Telegram messenjerida xavfli zaiflikni aniqlagan edi. Zaiflik sababli dasturda amalga oshirilgan qo‘ng‘iroqlar vaqtida foydalanuvchilarning IP-manzili oshkor bo‘ladi, deyilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2018, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют