» » Shuhrat G‘aniyev Toshloq tumani hokimligi rahbariyatiga hayfsan berdi

Shuhrat G‘aniyev Toshloq tumani hokimligi rahbariyatiga hayfsan berdi


Farg‘ona viloyati hokimi Toshloq tuman hokimi Shuhrat Abdusalomov, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari B.Sultonov hamda tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Boltaboyevga o‘z vazifalarini bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani, aholi muammolarini hal etishda talab darajasida ish olib bormagani, o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘ygani uchun hayfsan berdi. Bu haqda “Turon 24” xabar bermoqda.

29-sentabr kuni Farg‘ona viloyati hokimligida viloyatda bu yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tgan. Respublika ishchi guruhi tomonidan 19—28-sentabr kunlari Toshloq tumanida ijtimoiy-ma’naviy vaziyat va aholining yashash sharoitlarini o‘rganish natijalari ham tahlil etilgan.

Yig‘ilishni viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev olib borgan. Unda O‘zbekiston Prezidentining maslahatchisi, ishchi guruh rahbari Umar Safayev ham o‘rganish yakunlari bo‘yicha ma’ruza qilgan.

Shu bilan birga yig‘ilishda tuman deputatlarining faoliyati qoniqarli emasligi tanqid qilingan.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra Respublika ishchi guruhi joriy yil boshidan viloyatning Rishton, Quva, O‘zbekiston, Qo‘shtepa, Yozyovon, Bag‘dod, Buvayda, Uchko‘prik tumanlari hamda Qo‘qon shahrida ijtimoiy-ma’naviy vaziyat va aholining yashash sharoitlarini o‘rgangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2018, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют