» » O‘zbekistonda rahbar kadrlar tanlovi qatnashchilarini ro‘yxatga olish boshlandi

O‘zbekistonda rahbar kadrlar tanlovi qatnashchilarini ro‘yxatga olish boshlandi


Innovatsion rivojlanish vazirligi Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlikda uch yilda bir marta o‘tkazadigan istiqbolli boshqaruv kadrlarini saralash bo‘yicha “Taraqqiyot” tanlovi talabgorlarini ro‘yxatga olish bosqichi boshlandi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tanlovning maqsadi davlat, xo‘jalik va maxalliy ijro boshqaruvi organlaridagi yuqori malakali kadrlarni aniqlash, rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Tanlovda tayanch oliy ma’lumotga va tegishli sohada rahbarlik lavozimida kamida uch yillik ish tajribasiga ega, 30 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan (45 yosh ham qo‘shilgan holda) O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda talabgorlar 16 ta nominatsiya bo‘yicha o‘z sohasidan kelib chiqib ishtirok etadi. Nominatsiyalar bilan “Taraqqiyot-tanlov.uz” saytida tanishish mumkin.

Tanlov g‘oliblariga eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida, final bosqichining qolgan ishtirokchilariga esa eng kam ish haqining 25 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti to‘lanadi.

Shuningdek, tanlov g‘oliblari rivojlangan xorijiy mamlakatlarning sohaga oid tashkilotlarida amaliyot o‘tashni o‘z ichiga oladigan “Boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo‘yicha Prezident dasturi”ga muvofiq uch oylik kurslarda o‘qiydi va uni o‘tagandan so‘ng tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun “Taraqqiyot-tanlov.uz” saytiga kirib, ro‘yxatdan o‘tish, buning uchun esa  albatta, “ID.uz” portalidan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lish shart. Talabgorlar joriy yilning 1-oktabridan 30-oktabriga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2018, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют