» » Indoneziyadagi tabiiy ofat qurbonlari soni 1300 kishidan oshdi

Indoneziyadagi tabiiy ofat qurbonlari soni 1300 kishidan oshdi


Indoneziyada yuz bergan zilzila va uning oqibatida yuzaga kelgan sunami qurbonlari soni 1347 kishiga yetdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Avvalroq zilziladan omon qolganlar kerakli yordamning yetishmasligi sababli do‘konlarni talab ketayotganligi, qubonlar sonining 1200 kishidan oshganligi haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek, 2-oktabr kuni Indoneziyaning Sumba oroli yaqinida ikkita yangi yer silkinishlari qayd etilgan. Ularning magnitudasi 5,9 va 6 ballni tashkil qilgan.

Magnitudasi 7,7 ga teng bo‘lgan zilzila Indoneziyada 28-sentabr, juma kuni yuz berdi. Yer qimirlashi oqibatida minglab uylar, shuningdek, mehmonxonalar, kasalxonalar va savdo markazlari buzilgan. Yerosti silkinishidan keyin orolga balandligi ikki metrdan olti metrgacha bo‘lgan to‘lqinlar yopirilgan.

Shuningdek, halokat hududlarida vayron bo‘lgan qamoqxonalardan 1200 nafar mahbus qochib ketgan. Mahbuslar uchta qamoqxonadan qochgan: Palu shahrida ikkita va Dungala tumanida bitta. Zilziladan keyin qamoqxonalardan birining devori qulab tushgan, boshqasida esa mahbuslar eshiklarni buzgan, uchinchi qamoqxonada mahkumlar halokat hududlaridagi qarindoshlari bilan bog‘lanish uchun yong‘in uyushtirgan. Shu bilan bir vaqtda, tabiiy ofat sababli qamoqxonalarda qolgan mahbuslarni oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlab bo‘lmayapti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2018, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют