» » NATO 1991-yildan buyon birinchi marta eng yirik harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazadi

NATO 1991-yildan buyon birinchi marta eng yirik harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazadi


NATO Norvegiyada keng ko‘lamli Trident Juncture harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazadi. Bu haqda alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg ma’lum qildi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.

Mashg‘ulotlar 25-oktabrdan 7-noyabrgacha Norvegiya hududida, Boltiq dengizida va Shimoliy Atlantikada bo‘lib o‘tadi. Ularda 31 ta mamlakatdan taxminan 45 ming harbiy, shuningdek, 110 dan ortiq samolyot va 60 ta kema ishtirok etadi.

Mashg‘ulotlar Rossiyaga qarshi qaratilgan, ular mudofaa xarakteriga ega va alyans ishtirokchilaridan biriga qilingan hujumga javobni aks ettiradi.

Xabar qilinishicha, Germaniya qurolli kuchlari mashg‘ulotlarga 10 ming askar va to‘rt mingta harbiy texnika jo‘natadi.

NATO mashg‘ulotlarni 1991-yildan buyon o‘tkazilayotgan eng yirigi deb atamoqda. YXHTning barcha mamlakatlariga, shu jumladan, Rossiyaga mashg‘ulotlarga o‘z kuzatuvchilarini yuborishi uchun taklifnoma jo‘natilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2018, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют