» » Ostonada o‘zbekistonlik 8 nafar qizni fohishalikka jalb etgan ayol qo‘lga olindi

Ostonada o‘zbekistonlik 8 nafar qizni fohishalikka jalb etgan ayol qo‘lga olindi


Ostonada yashovchi 40 yoshli ayol fohishalik bilan shug‘ullanishga jalb etishda gumon qilinmoqda. Bu haqda shahar ichki ishlar departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Zakon.kz”.

Jabrlanuvchilardan biriga ko‘ra, “Oksana” (gumonlanuvchi o‘zini shunday tanishtirgan) qizlarning pasportini olib qo‘yib, sauna, mehmonxona va ijara kvartiralarda tanasini sotish evaziga har kuni 17 ming tengedan (377 ming so‘m atrofida) pul berishini talab qilgan.

Gumonlanuvchining yashash joyida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan 8 nafar qizning pasporti va pullar topilgan, yana uch nafar qiz ham bo‘lgan. Ular kvartira egasi fohishalik bilan shug‘ullanishlariga majburlagani va pul bermaganini bildirgan.

Tadbirlarni o‘tkazish chog‘ida boshqa qizlar bo‘lgan yana bir necha kvartira aniqlandi.

Sudga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Jabrlanuvchilar “Korgau Ostona” fondiga joylashtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2018, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют