» » Ukraina O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarga qarshi aksilsubsidiya tekshiruvini o‘tkazadi

Ukraina O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarga qarshi aksilsubsidiya tekshiruvini o‘tkazadi


Ukrainaning xalqaro savdo bo‘yicha idoralararo komissiyasi mamlakatga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar importiga nisbatan aksilsubsidiya tekshiruvi qo‘zg‘atilgani va o‘tkazilishi haqida xabar berildi, deb yozadi Spot.

Tekshiruv “Ukravtoprom” Ukraina avtomobilsozlar uyushmasi shikoyati asosida boshlandi.

Ko‘rib chiqib, komissiya shikoyatda O‘zbekiston yengil avtomobil ishlab chiqaruvchilari O‘zbekiston hukumatida subsidiya olgan bo‘lishi va bunday subsidiyalardan alohida imtiyozlardan foydalangan bo‘lishi mumkinligidan darak beruvchi yetarlicha ma’lumot keltirilgan, deb topdi.

Ta’kidlanishicha, Ukrainaga O‘zbekiston yengil mashinalarining importi Ukraina mahsulot ishlab chiqaruvchisiga ahamiyatli zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan hajmda va shartlarda amalga oshirilmoqda.

Tekshiruv davri mobaynida (2015—2017) O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar importi hajmi ancha o‘sgan, bu mutlaq ko‘rsatkichlarda 760,7 foizga, Ukrainadagi iste’mol va ishlab chiqarishga nisbatan esa — tegishli ravishda 440,7 va 957,7 foizga teng.

Shu bilan birga, yengil avtomobillar importi narxi Ukrainada ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar narxidan past bo‘lgan.

Aksilsubsidiya tekshiruvini Ukraina iqtisodiy taraqqiyot vazirligi o‘tkazadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют