» » Bahodir Jalolov 27-oktabrda prof boksdagi 3-jangini o‘tkazadi, raqib jiddiy

Bahodir Jalolov 27-oktabrda prof boksdagi 3-jangini o‘tkazadi, raqib jiddiy


Jahon chempionati sovrindori, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik superog‘ir vaznli charm qo‘lqop ustasi Bahodir Jalolov navbatdagi jangini kimga qarshi o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi MOQ matbuot xizmati.

29-sentabr kuni faoliyatidagi 2-jangida Bahodir Jalolov meksikalik Eduardo Vitelani mag‘lubiyatga uchratgandi. Endi u professional faoliyatidagi uchinchi jangini amerikalik Tayrel Raytga qarshi o‘tkazadi. Olti raundlik jangga 27-oktabr sanasida Nyu-York shahridagi mashhur Madison Square Garden arenasi mezbonlik qiladi.

Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov shu kungacha prof ringda ikki marotaba jang o‘tkazib, ularning har ikkisida raqiblarini nokaut evaziga mag‘lub etgan. Professional boksdagi faoliyatini 2012-yilda boshlagan Rayt esa 13 marotaba ringga ko‘tarilib, ularning 9 tasida g‘alaba qozongan ( 6 ta jangda nokaut evaziga raqiblaridan ustun kelgan). 2 ta bahsda imkoniyatni boy bergan. Yana 2 ta jangda durangga rozi bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2018, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют